Universitetimiz olimi Xalqaro Turk sivilizatsiyasi kongressida qatnashdi
2025-yil 17–19-aprel kunlari Qirgʻiziston-Turkiya Manas universitetida “V. Xalqaro Turk Sivilizatsiyasi Kongressi” boʻlib oʻtdi. Jahon reytinglarida Top-1000 talik universitetlar qatoridan oʻrin olgan ushbu nufuzli oliy taʼlim muassasasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Abdumurod Tilavov “Alisher Navoiyning turkiy tamaddunga qoʻshgan hissasi” mavzusida maʼruza qildi.
Tashrif doirasida Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti rektori, professor-doktor Alpaslan Jeylan dotsent Abdumurod Tilavovni alohida qabul qildi. U Alisher Navoiy universiteti bilan hamkorlikdan mamnunligini bildirib, esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Oʻz navbatida, Abdumurod Tilavov professor-doktor Alpaslan Jeylanga Alisher Navoiy universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan nashrga tayyorlangan “Alisher Navoiy. Nasriy asarlar” hamda “Navosiz ulusning navobaxshi boʻl…” nomli kitoblarni tuhfa etdi.

Kongress doirasida dotsent Abdumurod Tilavov Qirgʻiziston-Turkiya Manas universitetining Adabiyot fakulteti Turkologiya boʻlimida tahsil olayotgan talabalarga “Oʻzbek folklori va oʻzbek mumtoz adabiyotining ayrim xususiyatlari” mavzusida dars ham oʻtdi.

