Universitetimiz olimasining yana bir yutuği
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Özbek tilşunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Manzura Abjalova Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 160-son qaroriga muvofiq taşkil etilgan “Intellektual faoliyat böyiça” tanlovida faxrli birinçi örinni qölga kiritdi.
Olimaning “Eng yaxşi EHM uçun dastur va ma’lumotlar bazasi” nominatsiyasida yuqori baholangan “Özbek tili multikorpusi” (UzCorpora) loyihasi özbek tilini raqamli muhitda rivojlantiriş, milliy til resurslarini tizimlaştiriş hamda zamonaviy lingvistik texnologiyalarni takomillaştirişga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Uzcorpora.uz platformasi özbek tilining turli davr, uslub, janr va kommunikativ qatlamlariga mansub katta hajmdagi matnlarni jamlaş, saqlaş, avtomatik qayta işlaş, lingvistik annotatsiyalaş, qidiriş va statistik tahlil qiliş imkonini beruvçi köp tarmoqli dasturiy tizim hamda lingvistik ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
Loyiha 20 turdagi özaro integratsiyalaşgan subkorpusni qamrab oladi. Ular orasida badiiy, publitsistik, ilmiy, rasmiy-idoraviy, ta’limiy, diniy va tarixiy matnlar, dialektal materiallar, oğzaki nutq namunalari, mualliflik korpuslari hamda terminologik manbalar mavjud. Mazkur imkoniyatlar özbek tilining sinxron va diaxron xususiyatlarini keng qamrovda örganiş uçun muhim ilmiy asos yaratadi.
UzCorpora platformasi, şuningdek, sun’iy intellekt va tabiiy tilni qayta işlaş (NLP) texnologiyalari uçun ma’lumotlar bazasini şakllantiriş, elektron luğatlar, tezauruslar va ontologiyalar yaratiş, filologik tadqiqotlarni empirik dalillar asosida olib boriş hamda özbek tilining xalqaro raqamli makondagi nufuzini oşirişga xizmat qiladi.
Ta’kidlaş joizki, tanlov ikki bosqiçda, dastlab Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri miqyosida, keyin respublika darajasida ötkazilgan. Tanlov ğoliblari tegişli nominatsiyalar böyiça aniqlanib, birinçi örin sohiblari bazaviy hisoblaş miqdorining 150 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Mazkur yutuq universitet professor-öqituvçilarining ilmiy salohiyati, innovatsion işlanmalari va zamonaviy texnologiyalarni özbek tilşunosligi bilan uyğunlaştiriş borasidagi izlanişlari yuksak e’tirof etilayotganining yana bir dalilidir.
Universitet jamoasi Manzura Abjalovani uşbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusi ilmiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaydi!

