Yangiliklar

img
Tue, 02/04/2025 - 15:47

Universitetimiz olimasi “Yilning eng yaxshi IT – dasturchi ayoli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

“Yil ayoli” Respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichida universitetimiz olimasi, filologiya fanlari doktori, dotsent Manzura Abjalova o‘zining samarali faoliyati natijalari va dasturiy ishlanmalari bilan qatnashib, “Yilning eng yaxshi IT – dasturchi ayoli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Taqdirlash marosimida Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zilola Maxkamova, Din ishlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Muborak Qaxxarova, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Fotima Abdurahimova, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultanova hamda boshqarma va tashkilot mas’ullari, “Oqila ayollar” a’zolari, mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.
Manzura Abjalovaning IT sohasidagi innovatsion yondashuvlari va ilmiy faoliyati nafaqat universitetimiz, balki butun mamlakatimiz uchun namuna bo‘lib, ayollarning texnologiya sohasidagi imkoniyatlarini yanada kengaytirishga hissa qo‘shmoqda. Uning bu yutuqlari universitetimiz jamoasi uchun faxr manbai hisoblanadi.
Universitetimiz jamoasi Manzura Abjalovaga bu ulkan yutug‘i uchun chin qalbdan tabriklar va kelajakdagi faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaydi!