Yangiliklar

img
Sun, 01/08/2023 - 15:41

Universitetimiz jamoasi joylarda seminar-treninglar tashkil etmoqda

Qishki ta'til vaqtida pedagoglar o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, o‘quv-uslubiy jihatdan ko‘proq nazariy bilimlar olishga harakat qiladilar. Universitet professor-o‘qituvchilari ta'limning quyi bosqichlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar uchun bu borada ko‘mak berib kelmoqdalar. Xususan, 2023-yil 7-yanvar kuni "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi o'qituvchilari: Davlatyor Jumashev, Muhabbat Madaiminova, Shohida Quraqova, Jumanazar O'rozovlar Yangi yo'l kasb-hunar kollejida seminar-trening tashkil qildilar.  Seminarda ta'lim sifati, ona tili ta'limi, pedagog nutqi va kompetensiyasi masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Kasb-hunar kolleji o‘qituvchilariga  o‘z o‘quvchilarini oliy ta'limga yo‘naltirishda,  ulardagi qobiliyatlarni aniqlab,  to‘g‘ri maslahat berishda nimalarga  e'tibor  qaratishlari lozimligi tushintirildi.