Yangiliklar

img
Fri, 05/06/2022 - 16:26

Universitetimiz Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi

Joriy yilning 6-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashni universitetimiz rektori, Kengash raisi Shuhrat Sirojiddinov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Ilmiy Kengashda universitetimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Zaynobiddin Abdirashidov ilmiy va kasbiy faoliyatini Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Vali universitetida davom ettirishi ma’lum qilindi.

Universitetimiz rektori Shuhrat Sirojiddinov Zaynobiddin Abdirashidovning universitet oldidagi fidokorona xizmatlarini e'tirof etdi va  kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladi. Jarayon davomida universitetimiz rivoji, ilm-fandagi yuksalishlarga o'z hissasini qo'shgan tajribali va yetuk mutaxassis Zaynobiddin Abdirashidovga to'n kiygizildi.


Kengash raisi Shuhrat Sirojiddinov tomonidan Botir Elov hamda Komiljon Hamrayevlar dotsentlik ilmiy unvonini olganligi bilan qutlandi.


 Kengashda bir qator masalalar, o‘quv-me'yoriy hujjatlarining yuritilishi  2022/2023-o‘quv yilida professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi, professor-o‘qituvchilar yaratgan adabiyotlarni nashrga tavsiya etish kabilar muhokama qilindi.