Yangiliklar

img
Wed, 05/25/2022 - 07:47

Universitetimiz dotsenti Turkiyada malaka oshirmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Amaliy filologiya fakulteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Xamrayeva Shahlo Mirjonovna xizmat safari bilan Turkiya davlatiga jo’nab ketdi. Shahlo Xamrayeva “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi ― o’zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida Istambul texnika universiteti “Kompyuter va axborot texnologiyalari” fakultetida professor Eshref Adali rahbarligida malaka oshirmoqda.

Xizmat safari davomida Shahlo Xamrayeva Istambul texnika universiteti tashkil etilganligining 250 yilligi munosabi bilan o’tkazilgan “Turkiyada muhandislik va me’morlikning 250 tilligi” mavzusidagi xalqaro simpoziumda ishtirok etdi. Ayni paytda mutaxassis Shahlo Xamrayeva “Tabiiy tilga ishlov berish” sohasi bo’yicha malaka oshirmoqda.