Yangiliklar

img
Sat, 11/21/2026 - 11:04

Universitetda tögaraklar faoliyati

Universitetda talabalar qiziqişlari va ijodiy salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan tögaraklar faoliyati davom etmoqda.

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida talabalarning bilim va könikmalarini rivojlantiriş, böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ijodiy hamda amaliy qobiliyatlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida turli yönalişlardagi tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan.

Xususan, adabiyotşunoslik, mumtoz şe’riyat, milliy hunarmandçilik va pazandaçilik yönalişlaridagi maşğulotlar talabalarning nazariy bilimlarini boyitiş bilan birga, ularning ijodiy va amaliy könikmalarini rivojlantirişga xizmat qilmoqda.

“Adabiyotşunoslik” yönalişidagi “Atorud” yoş adabiyotşunoslar tögaragining 7-noyabr kuni taşkil etilgan navbatdagi maşğuloti Özbek adabiyoti va uni öqitiş metodikasi kafedrasi dotsenti H. Ahmedov rahbarligida ötkazildi. Unda badiiy asarni baholaş mezonlari, badiiy tahlilning zamonaviy uslub va metodologiyasi, özbek va jahon adabiyoti namunalari yuzasidan ilmiy munozaralar taşkil etildi. Maşğulot yoşlarning mustaqil fikrlaşi, adabiy-estetik qaraşlari va ilmiy tahlil könikmalarini rivojlantirişga qaratildi.

 

Şuningdek, filologiya fanlari doktori, professor Dilnavoz Yusupova rahbarligida faoliyat yuritayotgan “Gulşan” aruz tögaragi maşğulotlari ham izçil davom etmoqda. Navbatdagi maşğulot “Hazaj bahri va uning vaznlari” mavzusiga bağişlanib, unda hazaj bahrining xususiyatlari, ruknlari, mumtoz şe’riyatdagi qöllanilişi, baytlarni taqti’ qiliş va şe’riy ritmni aniqlaş masalalari örganildi.

Bundan taşqari, universitetda talabalarning milliy qadriyatlar va an’anaviy amaliy san’atga qiziqişini oşirişga qaratilgan çevarçilik hamda pazandaçilik tögaraklari ham faoliyat olib bormoqda. Uşbu maşğulotlar orqali talabalar tikuvçilik va pazandaçilik sirlarini örganiş, amaliy tajriba orttiriş, milliy hunarmandçilik an’analarini davom ettiriş imkoniyatiga ega bölmoqda.

 

Mazkur tögaraklar faoliyati talabalarning intellektual, ijodiy va amaliy salohiyatini har tomonlama rivojlantiriş, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş hamda ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etişda muhim ahamiyat kasb etadi.