Yangiliklar

img
Fri, 01/06/2023 - 20:21

Universitet tyutorlari va dekan o‘rinbosarlari uchun treninglar tashkil etilmoqda

Universitetning qishki ta’til davrida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy sohada tashkil etiladigan CHORA-TADBIRLAR REJASIga muvofiq 2023-yilning 6-yanvar kuni Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti tomonidan "Talabalarning psixologik holatini aniqlash va baholash" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi dosentlari R.Abdullayeva hamda Z.Abdurahmonova ishtirok etdi. Mehmonlar seminar-treningning jonli tashkil etilishida yaqindan ko‘maklashdilar. Treningda barcha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar faol ishtirok etib, talabalarning psixologik holatini aniqlash va baholash bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.