Yangiliklar

img
Wed, 09/14/2022 - 21:18

Universitet talabalari va xodimlari uchun ehson dasturxoni yozildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent  davlat  o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi tomonidan talabalar va xodimlar uchun ehson dasturxoni yozildi.  
Yangi o‘quv yili avvalida TTJlarda istiqomat qiluvchi talabalar,  universitetimizning ustoz va xodimlari milliy urf-odatlarimizga ko‘ra bir dasturxon atrofida jam bo‘ldilar.  Doshqozonlarda osh damlandi va barchaga ulashildi. Nafaqadagi va betob ustozlarimizning holidan xabar olindi.  Ezgu maqsadlar ijobatini so‘rab duoga qo‘l ochdik.  Butun universitet jamoasi yakdillikda xizmat qilib, osh suzilgan idishlarni o‘z egalariga tarqatishdi. Bu dunyodagi eng mazali palov edi. Chunki bu palov ToshDO‘TAU jamoasining o‘zaro mehri, oqibati, birdamligi taftida tayyorlangan. 

Bunday xayrli ishlar katta-yu kichikning ko‘nglini ko‘tarishi va  barchamizning birdamligimiz ramzi sifatida ezgu ishlarga debocha bo‘lishi,  shubhasiz.