Yangiliklar

img
Mon, 11/20/2023 - 17:00

Universitet talaba-qizlari o‘rtasida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovi e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi “Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi  351-son buyrug‘i  bilan tasdiqlangan  Oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasi 7-bandiga muvofiq universitet talaba-qizlari o‘rtasida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovga biznes loyihalarni qabul qilishda qo‘yiladigan shartlar:

  • • arizalar 2023-yil 25-noyabrdan 2023-yil 25-dekabrgacha qabul qilinadi;
  • • 1 ta ishtirokchi 1 ta biznes loyiha bilan ishtirok etishi mumkin;
  • • loyihalar qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, xizmat ko‘rsatish va biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan bo‘lishi va  eng ko‘p muddati 6 oydan oshmasligi lozim.

Biznes loyihalar tanlovini o‘tkazish shartlari:
• tanlovda keng ko‘lamdagi barcha yo‘nalishdagi istiqbolli biznes-loyihalarni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. 

Biznes loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • • loyihaning dolzarbligi
  • • xizmat ko‘rsatish sohasida qulayliklarning yaratilganligi;
  • • loyihaning texnik jihatdan mukammalligi;
  • • loyihani moliyaviy rejalashtirish – loyiha moliyaviy ta’minotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi va xarajatlar smetasining hajmi 3 (uch) mln. so‘mdan oshmasligi (bunda komissiya loyiha miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish huquqiga ega);
  • • marketing rejasining mavjudligi; 
  • • loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati va muddatlari.

Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar hulkaroyrajapova@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar  PDF shaklda elektron pochtaga yuborilishi lozim:

  • • Biznes loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza;
  • • Biznes loyiha pasporti (1-2 bet);
  • • Xarajatlar smetasi (1 bet);
  • • Biznes loyiha biznes matni (1-2 bet);
  • • Biznes loyiha taqdimoti (5-7 slayd).

Biznes loyihalarni shakllantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha universitetning Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimiga murojaat qilish mumkin: A blok 419-xona.