Yangiliklar

img
Thu, 04/10/2025 - 15:04

"Universitet malikasi - 2025" g'olibi aniqlandi

2025-yil 9-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida talaba-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatli shaxs sifatida tarbiyalash, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizga sodiqlik ruhini shakllantirish, intellektual aql-zakovat va iste’dodlarini namoyon etish hamda bilim olishga bo‘lgan qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan «Universitet malikasi» ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovni universitet Xotin-qizlar kengashining raisi O.R. Jamoliddinova ochib berdi. Tanlovda ishtirokchilar qizg‘in munozara va raqobatga boy bo‘lgan 6 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Tanlov yakunida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:
Eng iqtidorli qiz nominatsiyasida — Maxmudova Zarina Komiljon qizi,
Eng pazanda qiz nominatsiyasida — Abdusodiqova Dildora Bozorboyevna,
Eng faol qiz nominatsiyasida — Ravshanova Nurjahon Shahobiddinovna,
Eng lobar qiz nominatsiyasida — Karimboyeva Maftuna Mardon qizi.
Shuningdek, tanlovning mutlaq g‘olibi bo‘lib, «Universitet malikasi» unvonini egallagan — Xasanova Gulsora Furqatjon qizi bo‘ldi.