Yangiliklar

img
Fri, 03/29/2024 - 11:02

Universitet kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 28-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Universitet rektori, OʻzFA akademigi Shuhrat Sirojiddinov kengash a’zolariga yuqori tashkilotlardan qabul qilingan hujjatlar ijrosini tashkil etish holati boʻyicha axborot berdi. U, shuningdek, keyingi yillarda yoshlar tarbiyasini, ma’naviyatini buzishga qaratilgan axborot hurujlari tobora ortib borayotganini qayd etib, universitet pedagoglarini sergaklikka va ma’naviy targʻibotchi boʻlishga chaqirdi. “Befarqlik va loqaydlik kelajagimizga tahdid, yoshlarning ongini yot va buzgʻunchi gʻoyalardan himoyalashga barchamiz mas’ulmiz”, deyadi alohida ta’kidladi rektor. 
Shundan soʻng Universitetga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va topshiriqlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’atining qarori hamda buyruqlari haqida R.Umurzakova axboroti tinglandi.

 

bekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 11-aprelda “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bayoni topshiriqlari ijrosi haqida universitet yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori v.v.b. G.Joʻrayeva hisoboti va takliflari eshitildi hamda kengash a’zolari tomonidan ma’qullandi.

 

Yigʻishilish mobaynida universitetda faoliyat olib borayotgan Fuzuliy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati boʻyicha G.Ashurova hisobot berdi. 
Shundan soʻng kengash a’zolarining turli masalalr boʻyicha takliflari, fikr va mulohazalari tinglanib, kelgusi oyda amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalar mas’ullar zimmasiga yuklatildi.