Yangiliklar

img
Wed, 02/28/2024 - 17:05

Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

2024-yil 28-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashining  navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.  Dastlab universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov so'z olib, OAK tomonidan ilmiy daraja va ilmiy unvonlari tasdiqlangan bir guruh pedagoglarga diplomlarini topshirdi.  Shundan so'ng rektor “O‘zbekiston–2030” strategiyasi: 2024 - yilgi Davlat dasturi mazmuni hamda ushbu dasturga asosan universitetda bajarilishi lozim bo'lgan ishlar haqida so'z yuritdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2024 - yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasining atroflicha muhokamasi Milliy markaz tomonidan nafaqat mamlakatimiz ko‘lamida, balki xalqaro darajada ham izchil olib borildi. Barcha takliflar asosida ushbu Farmon shakllantirilib, 2024-yilning 21-fevral kuni tasdiqlandi.
Rektor,  shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 5-fevral kuni bo'lib o'tgan 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ko'tarilgan muhim masalalar bo'yicha ham axborot berdi. 
Shundan so'ng kun tartibidagi boshqa masalalarga o'tildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 18-noyabrdagi “2023-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga (PhD/DSc) hamda stajor-tadqiqotchilik institutiga o‘qishga qabul qilishda tanlovlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 50-son qo‘shma qarori 17-bandining ijrosi to‘g‘risida universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori O.Jamoldinova ma'lumot berdi. 
“Oltin bitiklar” va “O‘zbekiston: til va madaniyat” nomli jurnallari faoliyati haqida universitetni strategik rivojlantirish bo'yicha rektor maslahatchisi N.Jo'raqo'ziyev axboroti tinglandi. Unga ko'ra ushbu jurnallarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirib borish, "ToshDO'TAU axborotnomasi" ilmiy nashrini chop etish bo'yicha takliflar Kengash a'zolari tomonidan ma'qullandi. 

  

Shuningdek, universitetning ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i O.Sunnatov universitetda "4+2" tartibidagi pedagogik amaliyotni tashkil etilganligi holati: muammo va ularning yechimi haqida ma'ruza qildi. Mazkur amaliyotni tashkil etish bo'yicha mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Shundan so'ng universitetda 4+2 amaliyotini tashkil etishga ma'sul bo'lgan o'qituvchi-tyutorlar guruhini tashkil etishga kelishildi. 2023/2024-o‘quv vili 1-yarim yilligida ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari tаlаbаlаrning o‘zlаshtirish natijalari haqida universitet o'quv bo'limi boshlig'i V.Nazarov axboroti tinglandi hamda fanlardan qarzdor bo'lib qolgan talabalar uchun qayta o'qishni tashkil etish bo'yicha Kengash a'zolarining fikri tinglandi.