Yangiliklar

img
Thu, 02/01/2024 - 15:07

Universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

2024-yil 31-yanvar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi boʻoib oʻtdi. 
Yigʻilish avvalida 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi va boshqa nomdor davlat stipendiyalarini qoʻlga kiritgan talabalar taqdirlandi. Universitet rektori Sh.Sirojiddinov yoshlarni muvaffaqiyat bilan qutlab, ularga berilgan bu yutuq katta mas’uliyat ham ekanligini, kelgusida bundan-da katta marralarni zabt etib, Vatanimiz koriga yaraydigan, yetuk insonlar boʻlishlari zarurligini ta’kidladi. Shundan soʻng Kengash kun tartibidagi masalalar koʻrib chiqildi.   
 Universitetga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va Farmoyishlari, vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va topshiriqlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’atining qarori hamda buyruqlari haqida Jismоniy vа yuridik shахslаrning murоjааtlаri bilаn ishlаsh, nаzоrаt vа mоnitоring bо‘limi boshligʻi R.Umurzakova axboroti tinglandi.

 

Universitet ilmiy-texnikaviy kengashi qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi ilmiy ishkar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Jamoliddinovaning taklifi Kengash tomonidan ma’qullandi.
Malaka oshirish markazining 2023-yillik hisoboti va 2024-yilda amalga oshiriladigan rejalar xususida PKQTMOTM rahbari Z.Mirzayeva ma’ruza qildi. 
2023/2024-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish shaklini belgilash hamda yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining dasturlarini tasdiqlash haqida V.Nazarovning taklifi ham koʻrib chiqildi.