
Universitet kengashining navbatdagi majlisidan
2022-yilning 25-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-2023 o’quv yilidagi birinchi sonli majlisi o’tkazildi. Majlis avavlida universitetning eng fidoyi va jonkuyar professori, filologiya fanlari doktori Abdulhay Sobirov nafaqaga kuzatildi. Abdulhay Shukurovich universitet tashkil etilgan ilk kunlardanoq yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori lavozimida samarali mehnat qildi. Talabalarning suyukli ustozi, muhtaram Abdulhay Shukurovich hamisha ToshDO’TAU oilasining vakili bo’lib qoladi. Shundan so’ng to’rt yil davomida universitet O’zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani vazifasini bajargan, filologiya fanlari doktori, professor Laylo Raupova fakultet dekani lavozimini topshirdi. Ustoz endilikda asosan pedagogic faoliyat, shogirdlarining ilmiy ishlarida yo’lboshchi bo’lish istagini bildirdi.
Shundan so’ng kun tartibidagi asosiy masalalarga o’tildi. Avvalo universitet tarkibiy tuzilishidagi bir qator o’zgarishlar haqida universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov ma’lumot berdi.
Universitet kengashida ko’tarilgan masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotni kelgusi xabarlarimizda to’liq bayon etamiz