Universitet Kengashida qator masalalar muhokama etildi
Bugun, 2022-yil 26-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 7-sonli Kengashi boʻlib oʻtdi. Unda bir qator masalalar muhokama qilindi va koʻrib chiqildi.
Yigʻilishni universitet rektori Sh.S.Sirojiddinov olib bordi. Kengashning birinchi qismida oliy taʼlim muassasasiga qoʻyilayotgan talablar, vazifalar, yuqori tashkilotlardan kelgan qaror va farmoyishlar masalasiga bagʻishlandi.
Yigʻilishda kafedralar foliyatini kompleks oʻrganish natijalari tanqidiy koʻrib chiqildi va muhokama etildi. Ushbu masala yuzasidan oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Normamatov va ilmiy va innovatsion ishlar masalalari boʻyicha prorektor Z.Abdurashidovlar chiqish qildi.
Kengashda Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri t.f.d. B.Elov hamda f.f.d. K.Hamrayevlar dotsent ilmiy unovoniga tavsiya etildi.
Kengashda Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi faoliyati haqida I.Azimovning, 2021-2022-oʻquv yilida barcha taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kafedralardagi fanlarning oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik holati haqida. Oʻquv ishlari boʻlimi boshligʻi V.Nazarovning, sirtqi taʼlim yoʻnalishlarida 2021-2022-oʻquv yili kuzgi semestr natijalari toʻgʻrisida sirtqi taʼlim boʻlimi boshligʻi N.Chiniqulovning maʼruzalari eshitildi hamda muhokama etildi.
Kengash yigʻilishida har bir masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Kengashda Prezident va nomdor stipendiya sohiblariga diplomlar, universitet professor-oʻqituvchilariga ilmiy unvonlar ham topshirildi. Jumladan,
Zaynobiddin Abdirashidovga professor ilmiy unvoni, Manzar Abdulhayrovga dotsent ilmiy unvoni, Abdumannon Hasanovga PhD, Rafiq Zaripovga PhD diplomlari taqdim etildi.
Prezident va nomdor stipendiya sohiblari:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori, Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi - Mohiya Uzoqovaga;
Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori, Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi - Orifjon Olimjanovga;
Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari: Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi – Nafosat Zarifboyevaga hamda Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi Samatboyeva Madinaga guvohnomalar topshirildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandiga asosan 3-bosqich tayanch doktorantlari (PhD) doktorlik dissertatsiyalarini muddatidan oldin himoya qilgani uchun Zaripov Rafiqjon Ergashboy oʻgʻli 44 million (44.198.940) soʻm hamda Hasanov Abdumannon Majidovich 44 million (44.198.940) soʻm bilan mukofotlandi.



