
Universitet Kengashida muhim masalalar muhokama qilindi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashi navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Majlis avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa nomdor stipendiyalarga sazovor boʻlgan talabalarga guvohnomalar topshirildi.
Yig‘ilishda 2025-yil may oyida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarorlari va buyruqlari ijrosi to‘g‘risida f.f.d., akademik Shuhrat Sirojiddinov ma’ruza qildi. Yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlarning ijro etilishi holati haqida Monitoring bo‘limi boshlig‘i Ra’no Azizova so‘zga chiqdi. Ilmiy unvonlarga tavsiya etish masalalari f.f.d., professor Sulton Normamatov tomonidan ko‘rib chiqildi. 2025/2026-o‘quv yiliga o‘quv-uslubiy tayyorgarlik jarayoni va yangi o‘quv yilida o‘qitiladigan tanlov fanlarini tasdiqlash masalasi O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Vahob Nazarov tomonidan taqdim etildi. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichining mustaqil izlanuvchilik institutiga 2025-yil 3-chorakdagi qabul natijalari haqida f.f.d., professor N.Normurodova ma’lumot berdi. Universitet talabalarining yozgi ta’til davrida doimiy yashash joyiga jo‘nab ketishi va ta’til vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari f.f.d., professor Gulnoza Jo‘rayeva tomonidan muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda turli dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi. Universitet hayotining asosiy yo‘nalishlari va kelajakdagi rejalari muhokama qilindi va barcha manfaatdorlar faol ishtirok etdi.