
Wed, 04/20/2022 - 17:18
Universitet Ilmiy-texnikaviy kengashining navbatdagi yig‘ilishi
Joriy yilning 20-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnikaviy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda universitet pedagog-xodimlarining monografiya, doktorant va mustaqil tadqiqotchilarning PhD va DSc ilmiy darajasi uchun mavzulari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, 3 ta monografiya, 1 ta maqolalar to‘plami, 5 ta DSc, 31 ta PhD mavzulari tasdiqlandi. Ilmiy-texnikaviy kengash muhokamasida 9 ta tadqiqot mazulari takomillashtirildi.
3 ta PhD mavzusi qayta tasdiqlanish va o‘zgartirish uchun fakultet kengashlariga qaytarildi.