Yangiliklar

img
Thu, 05/26/2022 - 17:54

Universitet Ilmiy Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'ib o'tdi

Joriy yilning  26- may kuni  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yig’ilish universitetimiz rektori, Kengash raisi Shuhrat Sirojiddinov tomonidan olib bordi.

Kengash kun tartibi doirasida  universitet hayotiga doir masalalar koʻrib chiqildi. Jumladan, kafedra mudirligi uchun tanlovlar boʻlib oʻtdi. Shuningdek, talabalar malaka amaliyotlarining tashkil etilishi kengash a’zolari tomonidan keng muhokama etildi.

Yig’ilishda 2021-kalendar yilining moliyaviy  hisoboti ham  eshitildi. Ushbu  masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Ilmiy Kengashda universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov Musulmonova Nargiza Rahmatullayevnaga dotsentlik diplomini,

muddatidan oldin himoya qilib, 107.296.660 so’m pul mukofotini qo’lga kiritgan Gulyamova Shahnoza Qahramonovnaga fan doktorlik diplomini (DSc),

Abdiraimov Shohruh Samad o’g’liga pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) diplomini topshirdi.

Universitetimizning fidoyi ustozlarini tabriklaymiz va ularning ilmiy faoliyatida omad tilab qolamiz!