Universitet faoliyatining ustuvor yönalişlari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Şuhrat Sirojiddinov universitet prorektorlari hamda tarkibiy bölinmalar rahbarlari iştirokida yiğiliş ötkazdi.
Yiğilişda kuni-keça Özbekiston Respublikasi boş vazirining birinçi örinbosari — Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov raisligida davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari iştirokida ötkazilgan uçraşuvda belgilangan ustuvor vazifalar böyiça universitetda 2026-yil davomida amalga oşirilgan işlar tahlil qilindi va tegişli bölim boşliqlarining hisobotlari tinglandi.
Avvalo, pedagogik ta’lim yönalişlariga biriktirilgan umumta’lim maktablari hamda ijod maktablari bilan hamkorlik aloqalarining bugungi holati tanqidiy tahlil qilindi. Talabalar pedagogik amaliyotini mazmunli va sifatli taşkil etiş, amaliyot jarayonining samaradorligini oşiriş, universitet professor-öqituvçilarining maktablar bilan bevosita hamkorligini kuçaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunda maktablarda ta’lim sifatini yaxşilaşga qaratilgan metodik kömakni tizimli yölga qöyiş, professor-öqituvçilarning nazariy bilim va ilmiy salohiyatini amaliyot bilan uyğunlaştiriş zarurligi ta’kidlandi.
Şuningdek, talabalar xavfsizligini ta’minlaş, ularning ijtimoiy-maişiy şaroitlarini yaxşilaş, xususan, ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan yoşlarning yaşaş şaroitlarini örganiş va mavjud muammolarni öz vaqtida bartaraf etiş masalalari körib çiqildi. Kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş, isitiş tizimlari va xavfsizlik talablariga rioya etilişini nazorat qiliş, talabalar bilan manzilli işlaş yuzasidan Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektorning hisoboti tinglandi. Mazkur yönalişda amalga oşirilayotgan işlarni rasmiy hisobotlar bilan çeklab qöymasdan, real holatni joyiga çiqib örganiş va har bir muammo böyiça aniq yeçim işlab çiqiş lozimligi qayd etildi.
Yiğiliş kun tartibidagi muhim masalalardan yana biri talabalar bandligini ta’minlaş va bitiruvçilarning mehnat bozorida raqobatbardoşligini oşiriş böldi. Bu borada iş beruvçilar bilan hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, ularning ehtiyoj va takliflarini muntazam örganiş, ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablariga muvofiq takomillaştiriş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi. Ta’lim jarayonida amaliy könikmalarni şakllantiriş, talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlaş va bitiruvçilarning iş bilan ta’minlanişiga kömaklaşiş universitet faoliyatining muhim natijadorlik körsatkiçlaridan biri bölişi kerakligi ta’kidlandi.
Ilmiy faoliyat samaradorligini oşiriş, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta’lim va amaliyotga joriy etiş masalalari ham atrofliça tahlil qilindi. Ayniqsa, metodika yönalişidagi ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligi, ularning real ta’lim ehtiyojlariga xizmat qilişi hamda amaliy natija berişiga alohida urğu berildi. Tadqiqotçilarga zamonaviy ta’lim tizimining eng dolzarb muammolaridan kelib çiqib ilmiy mavzular belgilaş, tajriba-sinov işlarini puxta rejalaştiriş va tizimli taşkil etiş, olingan natijalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq qiliş böyiça aniq strategiyalar belgilab olindi.
Bundan taşqari, universitetda iqtidorli talabalarni aniqlaş, ularning ilmiy, ijodiy va intellektual salohiyatini röyobga çiqariş, turli tanlov va loyihalardagi iştirokini kengaytiriş hamda rağbatlantiriş mexanizmlarini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi. Talabalar bilan individual işlaş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va erişilgan natijalarni munosib e’tirof etiş böyiça takliflar tinglandi.
Yiğiliş yakunida muhokama qilingan har bir yönaliş böyiça mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.

