Yangiliklar

img
Sat, 12/18/2021 - 15:48

Universitet delegatsiyasi Bilkent universitetida

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti delegatsiyasining Turkiyaga safari davom etmoqda. Bugun delegatsiyamiz a'zolari Bilkent universitetiga tashrif buyurishdi. Bilkent universiteti professori, Mintaqaviy davlatlarda malaka oshirish markazi direktori Rasim Uzyurek universitetimiz mas'ullarini kutib oldi. O'zaro suhbatda  ikki universitet hamkorligi masalalari memorandum tarkibiy qismlarini muhokamasidan boshlandi, jumladan, dunyoning 12 dan ortiq davlatida muntazam ravishda o'tkazib kelinayotgan "Turk til qurumi"ning an'anaviy qurultoyini kelgusi yil O'zbekistonda va aynan  ToshDO‘TAUda o'tkazilishiga kelishib olindi.