Yangiliklar

img
Thu, 09/15/2022 - 20:01

"Universiada-2022" saralash o‘yinlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Universiada-2022 sport musobaqalarining universitet saralash bosqichi o‘tkazilmoqda.  Shu kunga qadar volleybol, stol tennisi,  shaxmat singari sport turlari bo‘yicha fakultetlararo saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.  Bugun esa yigitlar o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.  Murosasiz kechgan o‘yinda Ona tili va adabiyot ta'limi kechki ta'lim shakli talabalari birinchi,  shu fakultetning kunduzgi shakli talabalari ikkinchi, O‘zbek filologiyasi fakulteti talaba yigitlari uchinchi o‘rinni egalladilar.  Barcha g‘oliblarni va ishtirokchilarni tabriklaymiz