Yangiliklar

img
Thu, 09/08/2022 - 10:02

"Universiada-2022" saralash bosqichi davom etmoqda

Universitetimizda o'tkazilayotgan "Universiada-2022" sport o'yinlarining saralash bosqichlari davom etmoqda. 7-sentabr kuni  stritbol, basketbol, stol tennisi sport turlari bo'yicha fakultetlar jamoalarining saralash musobaqalari bo'lib o'tdi. Musobaqalar yakuniga ko'ra stritbol bo'yicha  birinchi o'rinni Ona tili va adabiyoti ta'limi fakulteti, ikkinchi o'rinni o'zbek tili ta'limi fakulteti, uchinchi o'rinni  Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti egalladi.
Basketbol sport turi bo'yicha Birinchi o'rin Ona tili va adabiyot ta'limi fakultetiga, ikkinchi o'rin O'zbek tili ta'limi fakultetiga, uchinchi o'rin  Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti jamoasiga nasib etdi.