
UNESCO tanlovida qatnashing va 5000$ sohibiga aylaning!
llm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika(STEM) sohasida faoliyat olib borayotgan yosh olim va olimalarni targ’ib etish bo’yicha YUNESKO/AI Fozan xalqaro mukofoti tanloviga marhamat!
Mazkur mukofot Saudiya Arabistoni va YUNESKO tashkilotining birinchi mukofoti bo’lib, STEM sohasidagi birinchi xalqaro mukofoti hisoblanadi. Ushbu mukofotning asosiy maqsadi yosh iste'dodlarni o’z kasb faoliyatining ilk bosqichida qo‘llab-quvvatlash va STEM sohasida tadqiqotlarni davom ettirishlariga ko’maklashishdan iborat. Shuningdek, yoshlarni iqtisodni rivojlantirishga bevosita hissa qo‘shadigan ilmiy sohalardagi ishtirokini, ayniqsa, ayol va qizlarni
ilmiy savodxonlik va faoliyatga qiziqishlarini oshirishga hissa qo’shish va rag’batlantirishdan iborat.
Ushbu xalqaro mukofot har ikki yilda bir marotaba e'lon qilinib, besh mintaqadan tanlab olingan 5 nafar yosh olim va olimalar uchun taqdim etiladi. Mukofot mablag’i 50,000 AQSH dollariga teng. Mukofotga loyiq nomzodlar xalqaro hay'at tavsiyasi asosida YUNESKO Bosh direktori tomonidan tanlab olinadi.
Mukofot tanlovi bo’yicha batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin: https://www.unesco.org/en/prizes/al-fozan.
UNESCO ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy komissiyasining axborot xati: