Umumturkiy filologiyaga doir tadqiqotlar
30-oktabr kuni O'zbek filologiyasi fakulteti Kengashi qoshidagi xalqaro nazariy-metodologik seminar navbatdagisi bo'lib o'tdi. Bu gal seminarda Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi dotsenti, f.f.n. Abdumurod Tilovov "Yunus Emro nazmida ishq va oshiq talqini" mavzusida hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi, PhD Anvar Buranov "Olyoyshunoslikning umumfilologik muammolari" mavzusida ma'ruza qildilar.
Avvalo, olim A.Tilovovning ma'ruzasi tinglandi. U o'z nutqida Yunus Emro o'z she'rlarida Alloh va Rasuliga (s.a.v) sevgi haqida kuylaganini, "Sevaman, sevilaman" deb yozgan shoir insonlarni, yaratiliqlarni sevish orqali Yaratgan sevgisiga erishish haqida yozganini qayd etdi.
Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytardi.
A.Buranov ham o'z nutqida Markaziy Osiyoning O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlari turk-mo‘g‘ul dunyosining ko‘p asrlik tarixiy, madaniy ildizlari va an’analari bilan bog‘langan, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish zarurligi ta'kidladi. Har ikki ma'ruza dolzarbligi va ahamiyatliligi bois, seminar qatnashchilariga manzur bo'ldi.