Yangiliklar

img
Mon, 12/25/2023 - 20:27

Uchinchi Renessansni ilmlilar quradi

25-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti  universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida boʻlib oʻtgan uchrashuvda rektor mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ToshDOʻTAU misolida soʻzlab berdi.  Oʻz navbatida talabalarni ulardan unumli foydalanishga chaqirdi. Xususan, ijara shartnomasi, o‘qishni ko‘chirish, talabalarni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha berilgan savollarga atroflicha ma’lumot berilib, bular bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Talabalar ta’lim jarayonida biror muammoga duch kelsalar, ikkilanmay rektorning shaxsiy raqamiga murojaat qilishlari mumkinligi aytildi. 
Shuningdek, uchrashuvda poyoniga yetib borayotgan 2023-yil mobaynida universitetda erishilgan yutuqlar atroflicha e’tirof etildi. 

Rektor bilan ochiq muloqot tarzida o’tgan uchrashuvda talabalar oʼzlarining fikrlari, takliflari hamda qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etdilar.