Yangiliklar

img
Wed, 08/24/2022 - 17:39

Uchinchi renessans — ma'rifatli jamiyat sari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, "Ma'rifat' targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan tashkil etilgan  "Uchinchi renessans — ma'rifatli jamiyat sari" mavzusidagi Respublika anjumani ishtirokchilari  uchun davra suhbati tashkil etildi. 
Anjuman doirasida ziyolilar o'zaro fikr almashib,  tajribalari bilan bo'lishmoqda. 


Universitetda bo'lib o'tgan davra suhbatini yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha universitet rektorining birinchi o‘rinbosari Bahodir Xoliqov ochib berdi va anjuman ishtirokchilarini tabriklab, oliy ta’lim muassasasida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
 Anjuman ishtirokchilari universitet kutubxonasi, kompyuter xonalari, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan auditoriyalar bilan tanishdi.