
Uch avlod uchrashuvi
11-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Nuroniy” jamg‘armasi Yakkasaroy tumani kengashi bilan hamkorlikda uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda nuroniylar, yoshlar hamda ziyolilar ishtirok etib, milliy qadriyatlar, ma’naviyat va tarbiya masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Unda “Nuroniy” jamg‘armasi Yakkasaroy tuman kengashi raisi Sayfullaev Tolib Vaxobovich, tuman Buvijonlar maktabi raisi Kamalova Adiba Qadirovna, tuman Nuroniylar kengashi Jamoatchilik nazorati kengashi raisi Jamalov Fazliddin, “Nuroniy” jamg‘armasi faoli, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Toxirjonov Xamidjon, tuman Nuroniylar kengashi faoli Tulaganov Maxmud, Konstitutsiya mahalla fuqarolari yig‘ini raisi Maxmudov Hamza Xasanovich, tuman Nuroniylar kengashi faoli Raximov Muxammadjon Tursunovich, To‘qimachilik va yengil sanoat instituti dotsenti, tuman Nuroniylar kengashi faoli Muxamadiyorov Komiljon Sodiqovich, Konstitutsiya mahallasi Keksalar maslahati guruhi raisi Azimov Nasriddin, Konstitutsiya mahallasi faoli Atabekov Odil hamda “Nuroniy” jamg‘armasi Yakkasaroy tuman kengashi mutaxassisi Xaydavalov Burxon Pardaevich ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida nuroniylar yosh avlodga ibratli hayot yo‘llari, tajribalari haqida so‘zlab, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat kabi tushunchalarning ahamiyatini ta’kidladilar. Yoshlar esa o‘zlarining kelajak rejalari, kasbiy maqsadlari va milliy merosga bo‘lgan e’tiborlarini izhor etdilar. Mazkur uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, ma’naviyat va tarbiya borasidagi tajribalarni yoshlar bilan bo‘lishish hamda ularning yuksak maqsadlar sari intilishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi. Uchrashuv qizg‘in muloqot va iliq taassurotlar bilan yakunlandi.