Yangiliklar

img
Wed, 02/14/2024 - 17:36

Uch avlod uchrashuvi

Keksalar tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi. Ayniqsa, ularning qimmatli pand-nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi kuchga aylanadi. Qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazishda keksa avlod va faxriy harbiylarning alohida o‘rni bor.
Darhaqiqat, mamlakatimizda barcha sohalarda islohotlar jadal suratlarda davom etyapti. Bu yangilanish va o‘zgarishlar avvalo fuqarolarning manfaatlari, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashlari uchun xizmat qilyapti. Bunday o‘zgarishlarga shukrona keltirib yashash, imkoniyatlardan oqilona foydalanishda esa “Uch avlod uchrashuv”lari katta rol o‘ynamoqda.
Joriy yilning 13-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" ma'naviy-ma'rifiy tadbiri bo'lib o'tdi.

  

Tadbirda Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar kengashi raisi o'rinbosari Y.Rahmonov, faxriylar V.Abdurahmonov, V.Safronov va talaba yoshlar ishtirok etishdi. 
Koʻp yillik harbiy hayot tajribasiga ega insonlar tomonidan qilingan maʼruzalar davomida ertamiz egalariga tavsiyalar, o‘ziga xos pand-nasihatlar berildi. Iqtidorli askarlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar, o‘qilgan she’rlar esa yig‘ilganlarga yanada xush kayfiyat ulashdi.