Tyutorlik faoliyati bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilinadi
(“Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, VMQ 2025-yil 17-oktabr, 656-son qarori 2-ilovasi 11-bandi talablariga muvofiq)
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tyutorlik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, tanlov jarayonining ochiq va shaffofligini ta’minlash maqsadi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov e’lon qilinadi.
1. Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar
Shaxsiy kompetensiyalar:
Yuqori muloqot madaniyatiga ega bo‘lish.
Tashabbuskor, mas’uliyatli bo‘lish.
Muammoli vaziyatlarni hal qila olish.
Raqamli platformalarda ishlay olish va hisobotlarni sifatli yurita olish.
2. Tanlov jarayoni mezonlari
Tanlov jarayoni quyidagi ochiq va shaffof tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatlarni onlayn qabul qilish:
Ariza
Rezyume (CV)
Diplomning nusxasi
Mehnat faoliyati haqida ma’lumot (mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat tizimidagi ma’lumotlar) TEL (94.073.44.22)

