Yangiliklar

img
Wed, 01/12/2022 - 12:28

Tyutorlarning uch oylik hisoboti tahlil qilindi

2021-yil 11-yanvar sanasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tyutorlar uchun sarhisob tahliliy majlisi o‘tkazildi. Mazkur majlisda universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori B.Xoliqov so‘zga chiqib,  bugungi kunda tyutorlar oldiga qoʻyilayotgan  ustuvor vazifalar - ularning ijrosi haqida so‘z yuritdi. 
Ma]lumotlarni o‘z vaqtida asosli va sifatli ta’minlanishi  haqida   tyutorlarga alohida  ta’kidlab o‘tdi.  
Shuningdek, majlisda  tyutorlarning faoliyati xususida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma ham o‘qib eshittirildi. Tyutorlar bilan bo‘lib o‘tgan  jonli muloqotda ular ham baʼzi masalalar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bunday tahliliy hisobot majlislari muntazam ravishda oʻtkazishga kelishib olindi.