Yangiliklar

img
Mon, 10/06/2025 - 12:39

Tyutorlar uchun psixologik trening o‘tkazildi

2025-yil 27-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida psixolog To‘xtayeva Nozima tomonidan tyutorlar uchun psixologik mahorat darslari va trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — tyutorlarning psixologik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, talabalarning individual va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyatni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Trening jarayonida tyutorlarga talabalarning ijtimoiy-psixologik pasportini shakllantirish haqida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, “Talabalar bilan ishlashda muomala madaniyati va xulq-atvor” mavzusida seminar-trening o‘tkazilib, unda ishtirokchilar muomala psixologiyasi, stressni boshqarish va kommunikativ kompetensiyani oshirish bo‘yicha amaliy mashqlarni bajarishdi.
Psixologik suhbatlar davomida tyutorlar o‘z kasbiy faoliyatida duch keladigan psixologik holatlar, talabalar bilan samarali muloqot o‘rnatish yo‘llari hamda motivatsion yondashuv usullari haqida fikr almashdilar.

 

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarining ruhiy barqarorlik va kasbiy motivatsiyasini oshirishga xizmat qilgan ushbu treninglardan mamnunlik bildirdilar. Tyutorlar ushbu mashg‘ulotlar kelgusida talabalarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning ijtimoiy-psixologik muhitda faol ishtirok etishiga yordam berishini ta’kidlab o‘tdilar.