Yangiliklar

img
Thu, 04/04/2024 - 15:45

Tyutorlar uchun oʻquv kurslari boshlandi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida tyutorlar faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning talaba-yoshlar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirish, huquqiy va siyosiy bilimlarini ottirish maqsadida bilim saviyasi va malakasini oshirish oʻquv kurslari start oldi.
Bugun “Besh muhim tashabbus – yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish mexanizmi” hamda “Talaba-yoshlarni Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzularida dars mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.
Tyutorlar malaka oshirish o’quv kurslari 1 oylik o’quv dasturi asosida 42 soatlik o’quv mashg’ulotlari tajribali soha mutaxassislari jalb etilgan holda tashkil etilmoqda.
O’quv kursi yakunida yozma va test shaklida imtihonlar tashkil etiladi va uning natijasiga koʻra tyutorlar mehnat faoliyati samaradorligini baholash mexanizmi (KPI) joriy etiladi.