Yangiliklar

img
Mon, 12/04/2023 - 14:45

Turkologiyaning zamonaviy yo‘nalishlari

2023-yil 4-dekabrda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Turkologiyaning zamonaviy yo‘nalishlari”    mavzusida Xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.
SeminarniO'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri,  filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Xolmanova kirish so‘zi bilan ochdi va globallashuv sharoitida xalqaro hamkorlikning ahamiyati yanada ortgani, turkologiya sohasida yechimini kutayotgan muammolarni birgalikda  tadqiq etish samarali natijalarga erishish kafolati bo‘lishi, ToshDO‘TAU o‘zaro hamkorlik asosidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirishga doimo tayyorligini ta’kidladi.
ToshDO‘TAU  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori pedagogika fanlari doktori,  professor Odina Jamoldinova, akademik Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti  O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani filologiya fanlari nomzodi, dotsent Bahrom Jabborov universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy natijalari, istiqboldagi rejalar xususida to‘xtaldi. 

 

Seminarda Anqara Hoji Bayram Vali universiteti professori, filologiya fanlari doktori Yavuz Kartalliog‘lu, Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori,    filologiya fanlari doktori Bulent Bayram, Ozarbayjon FA Tillar universiteti Turk dunyosi tadqiqotlari markazi direktori filologiya fanlari doktori, professor Elchin Ibrohimov, ToshDO‘TAU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professorlari, filologiya fanlari doktorlari Muhayyo Hakimova, Munavvara Qurbonova, Manas nomidagi Xalqaro qirg‘iz-turk universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erdal Aydog‘mush, akademik Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti dotsenti Abdunazar Rahmonqulovning turkologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalari qiziqish bilan tinglandi. 
Ma’ruzachilar seminar ishtirokchilarining   savollariga javob berdi.

 

Seminarda  professor-o‘qituvchilar, doktorant va tadqiqotchilar ham o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Xolmanova seminarda tinglangan ma’ruzalar yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qildi, ma’ruzachilar va ishtirokchilarga  minnatdorlik bildirdi. Mazkur Xalqaro ilmiy seminarda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar asosida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilishini  ta’kidladi.