Yangiliklar

img
Mon, 10/23/2023 - 14:35

Turkologiya bo'yicha muhim ekspeditsiya

Universitetimiz olimi Anvar Bo'ronov bir necha kun turkiy xalqalar tarixi va tili bo'yicha maxsus ekspeditsiya tarkibida Qozog'iston va Mog'ulistonda bo'lib qaytdi.
Ekspeditsiya davomida Qozog'istonning O'tror shahri, Taraz manzilgohi, Talas vodiysi o'rganildi. 
Keyingi kunlarda olimlar  Mog'ulistonning Ulan-Bator yaqinidagi O'tukan vodiysida bo'lishdi. 
Qadimgi turkiy toshbitiklarni tadqiq etish, yangi topilmalarni o'rganish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan universitetimiz vakili O'tukan vodiysidagi Bain-Sokto manzilgohida va Chingizxon nomidagi tarixiy-madaniy majmuada bo'ldi. Anvar Bo'ronov Mo‘g‘uliston Milliy universiteti rektori Badarch Dendev bilan uchrashdi. Universitetning faoliyati bilan tanishib, Turkologiya instituti va Gumanitar fanlar instituti bilan muzokaralar olib bordi. Memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi.
18-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va Mo‘g‘iliston Milliy universiteti qoshidagi Turkologiya instituti o‘rtasida memorandum imzolandi.