Yangiliklar

img
Wed, 05/18/2022 - 21:14

Turkiyalik professor tomonidan ma'ruza mashg'uloti o'tildi

Bugun, 18-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Hoji Bayram Vali universiteti professori, filologiya fanlari doktori, Yunus Emre Xalqaro instituti Turk tili ta’limi va turkologiya bo‘limi boshlig‘i Yavuz Kartallio‘g‘lu ishtirokida ma’ruza tashkil etildi.

“Til tarixi va tilshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusidagi mazkur ma’ruzada turkiy tillar tarixi va tadqiqi, shu sohadagi dolzarb masalalar bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.


Mashg‘ulotda universitet professor-o‘qituvchilari, doktorant va izlanuvchilari, magistrantlari ishtirok etdi. Ma’ruzadan so‘ng ishtirokchilarning mavzuga oid  mulohazalari ham tinglandi, hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ilmiy ishlar haqida fikr almashildi.