Yangiliklar

img
Thu, 09/29/2022 - 22:35

Turkiyalik olimlar universitetimizda mehmon

Bugun universitetimizga Anqara Hoji Bayram Vali universiteti professorlari: filologiya fanlari doktori Najiye Yildiz, tarix fanlari doktorlari  Konuralp  Erjilasun, Guljanat Kurmangalıyeva  Erjilasun, Pamukkale universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nergis Biray, mazkur universitetning o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlari Suveyda Shahin, Fatma Aptekin, Kahraman Marash universiteti dotsenti, tarix fanlari doktori Hikmet Demirji,   Anqara Hoji Bayram Vali  universiteti doktoranti Eldos Toktarbay tashrif buyurdi.


   Turkiyalik olimlar ishtirokida tashkil etilgan ma’ruzalarda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari  ishtirok etdi. Turkiy  tillar, turkiy xalqlar adabiyoti, tarixi, madaniyati, dunyo ta’lim tizimi, akademik mobillik mavzusidagi savol-javoblarda ilm olamidagi yangiliklar, istiqboldagi ilmiy hamkorlik rejalari  haqida ham ma’lumotlar berildi. Samimiy muloqot ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.