Yangiliklar

img
Wed, 03/30/2022 - 12:01

Turkiyalik mehmonlar tashrifi

Joriy yilning 30-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetiga turkiyalik mehmonlar —  “Turkey studio” markazi boshlig’i Muhammad Aralı hamda O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mukofotlangan yozuvchi, advokat Irfan Hattatog'lu tashrif buyurdi.

Ular universitetimiz rektori Shuhrat Sirojiddinov bilan uchrashib, o’zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish taklifini bildirdi.

 

Uchrashuvda mehmonlar tomonidan markaz faoliyati va Turkiya universitetlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, “Turkey studio” markazi boshlig’i Muhammad Aralı ayni paytda 35 ta universitet bilan qo’shma loyihalarni amalga oshirib kelayotganligini ta’kidlab o’tdi. Suhbat jarayonida mehmonlar bevosita an’analarimiz haqida so’z yuritib, “O’tkan kunlar” asari haqidagi iliq fikrlarini bildirdi.

Universitetimiz rektori Sh. Sirojiddinov ham o’zbek madaniyati va an’analariga qiziquvchi advokat, yozuvchi Irfan Hattatog'lu hamda markaz boshlig’i Muhammad Araliga hamkorlik aloqalari o’rnatilishi haqida o’z taklifini bildirdi. Mehmonlar universitetimiz rektoriga minnatdorchilik bildirishdi. Tomonlar kelishuvi asosida, hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yiladi.