Yangiliklar

img
Fri, 03/18/2022 - 14:38

Turkiyadan kun xabarlari

Ayni paytda, Turkiya xizmat safarida bo‘lgan universitetimiz dotsenti Abdumurod Tilovov Anqaraning nufuzli universitetlariga tashrif buyurdi. 
Jumladan, universitetimiz bilan ilk hamkorlik shartnomasini imzolagan Anqara Hoji Bayram universiteti, Turkiy lahjalar tili va adabiyoti bo'limi boshlig'i, Erkin Vohidov ijodi bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan zahmatkash olim Professor Doktor Veli Savash Yelok bilan uchrashuv uyushtirildi. Janob Veli Savash Yelokning tavsiyasiga binoan, Abdumurod Xolmuratovich tomonidan 2-kurs talabalariga "Turk adabiyotining O'zbekistonda o'rganilishi" mavzusida ma'ruza o'qildi.

Shuningdek, yaqin kunlarda tashrif buyurilgan Anqara G'oziy universiteti, Ta'lim fakulteti 1- bosqich talabalariga professor Fatma Açik hamda malakali mutaxassis ustozimiz tomonidan "O'zbek adiblarining so'z qo'llash mahorati" mavzusida ma'ruza o'tildi. Dars jarayonida Hazrat Alisher Navoiyning "Olmani sundi nigorim ol, dedi" nomli tuyuqi til nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Bundan oldingi kunlarda, dotsent Abdumurod Tilavov va  prefossor Fatma Açik xonimning magistr hamda doktorant talabalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtgan edi.

Ustozimiz Abdumurod Tilavov safar davomida, Anqara Yildirim Boyazid universitetiga ham tashrif buyurib, professor Funda Toprak xonim bilan uchrashdi. 

Tashrif jarayonida, 4- kurs talabalariga "O'zbek xalq og'zaki ijodining ayrim xususiyatlari", "Alisher Navoiy asarlarida ishq talqini" mavzularida ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar o'tildi. Malakali vakilimiz tomonidan Xondamirning "Makorim-ul axloq" asaridagi Hazrat Navoiy va chumoli voqeasi bayon etilganida, talabalarda katta hayrat uyg‘ondi. Bundan tashqari, turkiyalik talabalarga Alisher Navoiyning "Rashknoma" baytlari turkchada ham batafsil tushuntirib berildi.

"Alisher Navoiy universiteti bilan hamkorligimiz kundan kunga mustahkamlanmoqda. Universitetingizda noyabr oyida o'tkazilgan xalqaro simpoziumdan bir dunyo taassurot bilan qaytgandik. Yaqindagina, Nozliyaxonim boshchiligadagi hay'at universitetimizga tashrif buyurib, rektorimiz bilan istiqboldagi rejalar borasida muzokara olib borishdi. Sizning qisqa muddatga bo'lsa-da kelishingiz, hamkorligimizning amaliy natijasi bo'ldi..." deya  universitetimizga yuksak minnatdorchilik va ishonch bildirdi universitet  professori Funda Toprak Xonim.
Tashrif yakunida, Funda Toprak xonim Abduvali Xolmuratovichga  kitob javonidan Huvaydoning "Rohati dil" dostoni haqidagi kitobini sovg‘a qildi.