
Turkiyada yangi o‘zbekcha kitoblar chop etiladi
Ayni paytda xizmat safari yuzasidan Turkiya davlatida boʻlib turgan universitetimiz dotsenti Abdumurod Tilavov quvonchli voqeaning guvohi boʻldi. "ANLAM" nashriyoti va "ANLAM TERJUME" xalqaro loyiha maslahat byurosi rahbari, oʻzbek, arab va ingliz tillari bilimdoni Davut Gazi Benli janoblari universitetimiz vakiliga yaqinda nashr etilgan 3 ta kitobni sovgʻa qildi. Bu haqda janob Davud Gazi Benli ijtimoiy tarmoqda ham xabar berdi. Turkiyada nashr etilgan kitoblar orasida Maʼrufjon Yoʻldoshev va Dilrabo Andaniyozovalarning "Zarif soʻz ziyofati" nomli kitobi ham bor edi. Shuningdek, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi va yozma adabiyotiga qardoshlarimizning eʼtibori va eʼtirofi universitetimiz rahbariyati, jamoasini xursand qildi. Nashrga tayyorlangan 3 ta: "Alisher Navoiydan 150 hikmat", "Ma'rifatda namuna ayollar", "Tarjimalar 3 tilda" nomli kitoblarimiz "ANLAM" nashriyotiga ma'qul bo'lish barobarida, ularni Turkiyada ham nashr etish yuzasidan shartnoma imzolandi. Turkiya bilan ilmiy, madaniy, ma'rifiy hamkorligimiz yanada mustahkamlanib borishi uchun universitetimiz amaliy harakat qilib kelmoqda.