Yangiliklar

img
Fri, 11/06/2026 - 19:03

Turkiyada özbek adabiyoti saboqlari

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Folklorşunoslik va dialektologiya kafedrasi dotsenti Abdumurod Tilavov Turkiya Respublikasining Sinop davlat universitetida ötkazilgan XVIII xalqaro “Dunyo tili turkça” anjumanida iştirok etdi.

Anjumanning birinçi kunida Abdumurod Tilavov “Alişer Navoiyning söz haqidagi qaraşlari” mavzusida ma’ruza qildi. Unda buyuk mutafakkirning söz va nutq madaniyati, tilning inson ma’naviy hayotidagi örni haqidagi qaraşlari yuzasidan ilmiy mulohazalar bildirildi.

Taşrif doirasida Sinop davlat universiteti Adabiyot va ta’lim fakulteti rahbariyatining taklifiga binoan Abdumurod Tilavov 1–2-bosqiç talabalariga ham ma’ruza va seminar maşğulotlari ötkazdi. Jumladan, “Özbek xalq oğzaki ijodi”, “Alpomiş” dostoni Turkiya turkçasida” hamda “Alişer Navoiyning ma’naviy dunyosi” mavzularida taşkil etilgan maşğulotlarda özbek xalq oğzaki ijodi, milliy dostonçilik an’analari va Alişer Navoiy merosining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yoritildi.

Şuningdek, XVIII xalqaro “Dunyo tili turkça” anjumani doirasida Özbekiston va Turkmaniston delegatsiyalari Sinop davlat universiteti rektori, professor Şokir Toşdemir bilan uçraşdi. Muloqot davomida turkiy tillarning muştarak madaniy merosimizdagi örni, turkiy dunyo mamlakatlari örtasidagi ilmiy aloqalarni rivojlantiriş va hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida mehmon delegatsiyalar anjumanga mezbonlik qilgan universitet rahbariyatiga samimiy qabul va mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirdi. Universitet rektori ham delegatsiyalar taşrifidan mamnun ekanini ta’kidladi.

Mazkur xalqaro anjumanda universitetimiz olimining iştiroki özbek tili, adabiyoti va folklorini xalqaro miqyosda tarğib etiş, ilmiy hamkorlikni kengaytiriş hamda turkiy xalqlarning muştarak ma’naviy merosini örganişga munosib hissa böldi.