
Turkiya safari davom etmoqda
Malakali mutaxassis ustozimiz Abdumurod Tilavov Turkiya xizmat safari davomida Istanbul shahrida oʻtkazilgan 7-xalqaro kitob yarmarkasi va noshirlar anjumani mehmoni boʻldi. Nufuzli anjumanda 50 dan ortiq mamlakatdan nashriyot xodimlari qatnashdi. Ahamiyatga molik mazkur tadbirda hamkorlik shartnomalari imzolandi. Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasining 7 ta nashriyoti ishtirok etdi. Shuningdek, tajribali olim Abdumurod Tilavov Turkiyadagi eng nufuzli nashriyotlardan biri — " HAYAT" nashriyot-matbaa uyushmasida mehmon boʻlib, matbaa rahbari Hayati Bey bilan uchrashdi. Safar davomida Abdumurod Tilavovga Hazrat Navoiy qalamiga mansub "Nasoyim-ul muhabbat" asarining Turkiyadagi nashri sovgʻa qilindi. Jumladan, fidokor ustozimiz Abdumurod Tilavov turkiyalik olim Shayx Umar Foruq saydo al-Jazariy bilan mumtoz adabiyot vakillari — Alisher Navoiy, Hofiz Sheroziy va Ahmad Jazariy ijodi boʻyicha suhbatlashishga muvaffaq boʻldi. Eslatib oʻtamiz, Shayx Umar Foruq saydo al-Jazariyning "O'zbekiston - avliyolar vatani" , "Tasavvuf sirlari" nomli kitoblari o'zbek tilida nashr etilgan. Safar yakunida, mazkur uchrashuv jarayoni dublyaj qilinib, adabiyot va maʼrifat muxlislari eʼtiboriga havola qilinadi.