Yangiliklar

img
Wed, 09/14/2022 - 21:13

Turkiya Inson resurslari ofisi vakillari ToshDO‘TAUda

Bugun, 14-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad  Turkiya Respublikasi prezidenti devoni Inson resurslari ofisi tomonidan 2022-yilning 17-sentabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan TALENTforBiz  karyera yarmarkasida ToshDO‘TAU talabalarining ishtirokini faol tashkil etish,  ularga qulayliklar yaratishdan iborat.  Yarmarka Turkiyaning eng nomdor markalariga yosh iqtidor sohiblarini jalb etish imkonini beradi. 
Tadbirda Chalik Enerji, Ziraat Bank, Turk Havo Yo’llari, TIKA kabi O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan turk idora va tashkilotlarining ish/staj intervyularini ham o’z ichiga olgan o’nlab muloqotlarni amalga oshiradi. TUSASH va ASELSAN kompaniyalarining Toshkent shahri Olmazor Inkubatsiya Markazida ochiladigan ofislarida  ishlash niyatidagi yosh o’zbek muhandislari bilan intervyular o‘tkaziladi. 

Batafsil ma’lumotlar TALENTforBİZ veb sayti bo’lgan www.talentforbiz.org manzili hamda @talentforbiz ijtimoiy tarmog’i orqali taqdim etilmoqda.