Yangiliklar

img
Fri, 05/30/2025 - 19:25

Turkiy xalqlarning ma’naviy integratsiyasi: tili, adabiyoti, madaniyati

2025-yil 30-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetida Ozbek tili va adabiyoti talimi kafedrasi tashabbusi bilan “Turkiy xalqlarning manaviy integratsiyasi: tili, adabiyoti, madaniyati” mavzusiga bagishlangan II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Mazkur anjuman 2024-yil 30-may kuni Osh davlat universitetida otkazilgan birinchi konferensiyaning mantiqiy davomidir. Anjuman har yili turkiy tilli davlatlardan birida otkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiya Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti, Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti, Osh davlat universiteti, Hoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Turk-Qozoq universiteti, Abay nomidagi Qozogiston milliy pedagogika universiteti, Rossiyaning Bashkortiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti hamda boshqa nufuzli oliy talim va ilmiy tadqiqot muassasalari hamkorligida tashkil etildi.
Anjumanda Ozbekiston, Turkiya, Rossiya, Qozogiston, Ozarbayjon, Qirgiziston kabi mamlakatlardan taniqli olimlar, professorlar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi. Tadbirning ochilish marosimida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti bosh mutaxassisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nodirjon Joraqoziyev, universitet prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Normurodova Nozliya Zarilovna va boshqa nufuzli mehmonlar tabrik nutqlari bilan chiqish qildilar.

  

Yalpi majlis va sho‘ba yig‘ilishlarida turkiy xalqlar adabiyoti va og‘zaki ijodi, zamonaviy turkiy tilshunoslikning dolzarb muammolari, umumiy madaniy meros, ta’lim tizimidagi madaniy hamkorlik, turkiy tillarning rivoji va lingvodidaktik yondashuvlar, shuningdek, adabiyot o‘qitish metodikasi kabi muhim masalalar muhokama etildi.
Konferensiyada turkiy xalqlarning ma’naviy integratsiyasiga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, yangi ilmiy-madaniy aloqalar o‘rnatildi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. Anjuman Zoom platformasi orqali onlayn tarzda ham tashkil etildi. Ushbu onlayn translyatsiya tufayli 100 nafardan ortiq virtual ishtirokchilar konferensiya ma’ruzalarini tinglash va muhokamalarda faol qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

  

Konferensiya natijalari soha mutaxassislari uchun yangi ilmiy goyalar va izlanishlarga turtki berishi, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashi kutilmoqda. Mazkur anjuman turkiy xalqlarning tili, adabiyoti va madaniyatiga doir dolzarb masalalarning chuqur ilmiy tahliliga imkon yaratgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, konferensiya natijalari xalqaro ilmiy integratsiyani rivojlantirish, ozaro tajriba almashish, metodologik yangiliklarni joriy qilish va kelajak avlodlar uchun mustahkam ilmiy asos yaratishda navbatdagi muhim bosqich sifatida etirof etilmoqda.
Konferensiya doirasida, shuningdek, Osh davlat universitetida bir yil davomida tashkil etilgan “Ozbek tili onlayn kurslari”ni muvaffaqiyatli yakunlagan qirgizistonlik talabalarni tantanali taqdirlash marosimi ham otkazildi.