Yangiliklar

img
Fri, 12/27/2024 - 13:33

“Turkiy tillardagi iboralarning lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusida xalqaro seminar

2024-yil 26-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Turkiy tillardagi iboralarning lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusida xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminarni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor, filologiya fanlari doktori, professor Nozliya Normurodova kirish so‘zi bilan ochib, universitetda xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi vazifalar haqida ma’lumot berdi. Tadbirda so‘zga chiqqan filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Xolmanova til va tafakkur, madaniyat va iboralarning lingvistik xususiyatlariga doir qimmatli fikrlarini bayon etdi. 
Xalqaro seminar doirasida Oksford universiteti dotsenti Tudora Arnaut, Qo‘mrat davlat universiteti dotsenti Lyubov Chimpoyesh, Samarqand davlat universiteti dotsenti Emrah Yilmaz kabi yetuk olimlar turkiy tillar iboralari, ularning tarjima va madaniy tafakkurdagi o‘rni, shuningdek, boshqa tillar bilan qiyosiy tahlilga oid ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Ma’ruzalar davomida iboralar o‘rganishdagi qiyinchiliklar, madaniyatlararo ta’sir, turli tillar lug‘aviy boyligini tahlil qilish masalalari ko‘tarildi.

  

Seminar doirasida ishtirokchilar mavzuga oid savollar bilan murojaat qilib, turkiy tillar iboralari korpuslarini yaratish va hamkorlikda lug‘atlar tuzish takliflarini ilgari surdilar. Shuningdek, Manas nomidagi qirg‘iz-turk xalqaro universiteti dotsenti Muhittin Gumush tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildirib, ToshDO‘TAUda olib borilayotgan ilmiy faoliyatni yuqori baholadi. 

  

Tadbir respublika va xorijdagi hamkor universitetlar olimlari, doktorant va tadqiqotchilari, magistrantlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Seminar oflayn va onlayn tarzda, shuningdek, YouTube ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efirda translatsiya qilindi. 
Xalqaro ilmiy seminar tilshunoslik sohasidagi dolzarb masalalarni yoritib, yangi ilmiy hamkorliklarga yo‘l ochdi.