Yangiliklar

img
Fri, 03/25/2022 - 11:33

Turk-Oʻzbek xalqaro konferensiyasi

Joriy yilning 24-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professor-oʻqituvchilari “Mushtarak tarix va madaniyatga asoslangan Turkiya – O‘zbekiston munosabatlarining 30 yilligi” mavzusidagi Xalqaro anjumanda qatnashdi. Mazkur anjuman “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Turkiya Jumhuriyati Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi  va Turkiya  Jumhuriyati o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan  tashkil etildi. Nufuzli konferensiyada Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU dan Saodat Muhammedova, Laylo Raupova, Zulxumor Xolmonova, Sabohat Bozorova kabi professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi. Anjuman avvalida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov,  Turkiya Jumhuriyatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekarning nutqlari tinglandi.
Turkiya Jumhuriyatining “NTV” telekanali siyosiy sharhlovchisi Ahmet Yeshiltepe tomonidan yurtimizga  qilingan safarlar davomida tasvirga olingan videolavhalar namoyish etildi.Uning  ajdodlarimizning dunyo tamadduniga qo‘shgan salmoqli ulushi haqidagi fikrlari qalblarni faxr-iftixorga to‘ldirdi. Ahmet Yeshiltepe moderatorligida tashkil etilgan ilmiy anjumanda Kirshehir Ahi Evran universiteti professori Nur  Chetin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Bahrom Sotiboldiyev va Markaziy Osiyo Xalqaro instituti bo‘lim boshlig‘i Alisher Sobirovning ma’ruzalari tinglandi. Ma’ruzalarda O‘zbekiston va Turkiya hamkorligining tarixi, bugungi holati va istiqboli,  siyosiy-diplomatik, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.   
Ma’ruzalardan so‘ng munozara, savol va javoblar bo‘lib o‘tdi, muhim takliflar bildirildi.