Yangiliklar

img
Fri, 01/31/2025 - 18:51

Turk dunyosining faxri – Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy

Ganja Davlat Tarix-Madaniyat Qo‘riqxonasi tashabbusibilan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida “Turk dunyosining faxri – Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya tashkil etildi. Ushbu anjumanda, ayniqsa, ToshDO‘TAU olimlarining ilmiy ma’ruzalari alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Universitetning filologiya fanlari nomzodi, dotsent Abdumurod Tilavov   “Alisher Navoiyning ‘Layli va Majnun’ asarining xotimasi” mavzusidagi taqdimotida buyuk shoir asarining badiiy-falsafiy jihatlarini tahlil qilib, undagi ramziy ma’nolar va poetik tafakkur xususiyatlarini yoritib berdi. Filologiya fanlari doktori, dotsent Ilyos Ismoilov   esa “Alisher Navoiyning Nizomiy Ganjaviyning ‘Xamsa’siga munosabati” mavzusida so‘z yuritib, Navoiyning Nizomiyga bo‘lgan hurmati va uning ijodiy an’analaridan qanday foydalangani borasida qimmatli ilmiy dalillar keltirdi. Shuningdek, filologiya fanlari doktori, yozuvchi va adabiyotshunos Tarana Turan Rahimli “Nizomiy Ganjaviy ijodi o‘rta asr adabiy-nazariy qarashlar tizimining asosi sifatida” mavzusidagi ma’ruzasida Navoiy va Nizomiy ijodiy merosining nazariy jihatlariga to‘xtaldi.
Konferensiya yakunida mavzuga oid ilmiy xulosalar taqdim etildi, Navoiyning buyuk shaxsiyati va adabiy an’analari atroflicha muhokama qilindi.