Yangiliklar

img
Mon, 06/12/2023 - 23:01

Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqining maxsus yig‘ilishi o'tkazildi

2023-yil 6-8-iyun kunlari Joriy yilning 6-8 iyun kunlari Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida  “Turkiy davlatlari tashkilotining Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqi (TURKUNIB)”ning maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari Sadi Javarov, Xalqaro Turk Akademiyasi prezidenti maslahatchisi Tleujan Seksenbay, Turkiy madaniyat va meros fondi eksperti Elvira Tanaguzova, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Komiljon Karimov, turkiy dunyo universitetlari rektorlari va prorektorlari ishtirok etdilar. Mazkur yig'ilishda vakilimiz universitetni strategik rivojlantirish bo‘yicha rektor maslahatchisi Nodirbek Jo‘raqo‘ziyev ham faol qatnashdi.


Yig‘ilishda tashkilotning “O‘rxun” dasturi doirasida uzoq va qisqa muddatli stajirovkalar  bo'yicha masalalar hal qilindi. 
Yig'ilish mobaynida “O‘rxun” dasturida bo‘yicha Turkiyaning Egey universiteti vakillari bilan muzokara olib borilib, kelishuvga erishildi.