Yangiliklar

img
Tue, 05/24/2022 - 07:43

ToshDO‘TAUning Alisher Navoiy medali va ko‘krak nishoni ta'sis etilmoqda

ToshDO‘TAUning Alisher Navoiy medali va iqtidorli talabalari uchun ko‘krak nishoni ta'sis etilmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilganligining olti yilligi munosabati bilan ko‘plab tashabbus va loyihalar amalga oshirilmoqda.  

Bugun,  23-may kuni universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov boshchiligida maxsus tashabbuskor guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Universitet prorektorlari, dekan va boshqa mas'ullar ishtirokidagi yig‘ilishda universitetning Alisher Navoiy nomli medalini  ta'sis etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

 Mazkur medalning  ko‘rinishi, tavsifi, guvohnomasi va uning  dizaynidan tortib, ahamiyati hamda Nizomi batafsil tahlil etildi.


Iqtidorli, zukko va bilimdon talabalar uchun maxsus stipendiya tayinlash va ko‘krak nishoni ta'sis etish borasida ham bir to‘xtamga kelindi. 


Bizda yangiliklar juda ko‘p.  Xabarlarimizni kuzatib boring va yaxshi yangiliklarni kuting.