
ToshDO‘TAUda ta’lim sifati uchun muhim trening o‘tkazilmoqda
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi hamda O‘quv-uslubiy boshqarmasi tomonidan 2025-yil 10-fevraldan 15-fevralgacha kafedralarning o‘quv ishlariga mas'ullari uchun "O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash" mavzusida trening tashkil etildi. Ushbu trening ta’lim jarayonining huquqiy-me’yoriy asoslarini chuqur o‘rganish, kafedralarda o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullarning hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni tizimli ravishda yuritish va takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yiliga sifatli tayyorgarlik ko‘rish, attestatsiya va akkreditatsiya jarayonlariga puxta hozirlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilinmoqda. Trening davomida ishtirokchilar o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlarini o‘rganib, ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tajriba orttiradilar. Shuningdek, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida muhim tavsiyalar ishlab chiqilib, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr almashilmoqda.